Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya xodimlari yashil tabiat rivojiga munosib hissa qoʻshmoqdalar


Adliya xodimlari yashil tabiat rivojiga munosib hissa qoʻshmoqdalar

"Yashil makon" umumilliy loyihasi xalqimizga xos ezgu anʼana – koʻchat ekib, bogʻ yaratishdek xayrli ishlarning amaliy ifodasidir. O‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi. Joriy yilning 20 oktyabridan 1 dekabrgacha davom etadigan ushbu tadbir hududlar obodligi, yashil tabiat rivojiga xizmat qiladi. Zotan, koʻchat ekish, bogʻ yaratish xalqimizga xos ezgu qadriyat. Prezidentimiz ta’kidlanidek, “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”.
Ushbu xayrli tashabbus Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham toʻla qoʻllab-quvvatlanмоқда. Ayni kunlarda huquqshunoslar yashil tabiat rivojiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.
Obodlik koʻngildan boshlanadi deganlaridek, tozalash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshqarma hududidan boshlandi. Adliya boshqarmasi hovlisi va tevaragiga 5 turdagi 50 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
"Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida olib borilgan obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari barchaning qalbiga oʻzgacha ruh, xush kayfiyat ulashdi, ehg muhimi jamoani jipslashtirdi, birdamlikka chorladi.
“Dolzarb qirq kunlik” doirasida ko'chat ekish ishlari davom etmoqda.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi