Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

OKTYАBR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


OKTYАBR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning oktyabr oyida Shirin shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori Tirkasheva Nasiba Abdusalomovna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
      Tirkasheva Nasiba 2007-yilda Toshkent tuman ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kollejining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Faoliyatini 2014-yilda Boyovut tuman qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji huquqshunosi lavozimidan boshlagan.
      Tirkasheva Nasiba 2015-2020-yillarda jinoiy ishlar hamda ma’muriy ishlar bo‘yicha sud organi tizimida sudya yordamchisi lavozimida ishlagan. 2021-2022-yillarda Shirin shahar FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori sifatida faoliyatini davom ettirgan bo‘lsa, 2022-yildan  xozirgi vaqtga qadar Shirin shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

     Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Tirkasheva Nasibani ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.