Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Odob-axloq qoidalari bo‘yicha seminarlar davom etmoqda


Odob-axloq qoidalari bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Har qanday tashkilot borki, unda odob-axloq qoidalariga amal qilinishi, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishi, ijtimoiy-axloqiy munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, shaxslarning obro‘-e’tiborini muhofaza qilinishi, jamoada ishchanlik muhitini tashkil qilinishi muhim omillardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori shu maqsadlarni o‘zida ifadalaganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan navbatdagi seminar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyat Qurilish bosh boshqarmasida tashkil qilindi.
Ushbu seminarda Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov va Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali bosh inspektori D.Sadullaevlar ma’ruzalar qilib, davlat organlari xodimlarining odob-ahloq qoidalariga rioya etishlaridagi muhum jihatlar xaqida batafsil tushuntirishlar berdilar.
Tadbirda qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilar e’tiboriga tarqatma materiallar orqali va ko‘rgazmali tarzda yetkazildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi