Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash dolzarb vazifa


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash dolzarb vazifa

Xalqimizda “Oʻt balosidan asrasin” degan gap bejiz aytilmagan. Chunki tilsiz yov sanalmish yongʻin chek-chegara bilmaydi. Uning oqibatida misqollab yigʻilgan mol- mulklar yonib kulga aylanishi shu bilan birga qanchadan-qancha insonlar tan jarohat olishi yoki halok boʻlishi mumkin.
Boshqacha aytganda, barcha maskanlar va hududlarda yongʻin xavfsizligi qoidalarining toʻla taʼminlanishi bugungi va ertangi taraqqiyotimizga katta zamin hozirlaydi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil qilingan navbatdagi “Maʼrifat soati” da shu haqda soʻz bordi.
Tadbirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim bosh inspektori kapitan A.B.Mavlonxonov ishtirok etib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yongʻinlar, tabiiy va is gazlaridan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiining 2022-yil 27-sentyabrdagi 522-sonli qarori ijrosi yuzasidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.
- Olov – tilsiz yov. Yongʻin oqibatida mamlakat iqtisodiyoti, odamlar hayotiga jiddiy ziyon yetishi mumkin. Shu bois milliy va moddiy boyliklarni, ijtimoiy-iqtisodiy inshootlarni asrashimiz lozim, - deydi A.B.Mavlonxonov oʻz maʼruzasida.
Taʼkidlandiki, aksariyat hollarda is gazidan zaharlanish va gazdan chaqnashlar tabiiy gaz va muqobil yoqilgʻi turlarida ishlovchi isitish pechlari va boshqa jihozlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, nostandart (qoʻlbola yasalgan) va chet elda ishlab chiqarilgan sertifikatga ega boʻlmagan isitish uskunalari, gaz soʻrish nasoslaridan foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgani aniqlangan.
Shuningdek, tadbir davomida viloyatimizda tabiiy va is gazlaridan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi natijasida sodir boʻlgan favqulodda  holatlar hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida tarkibiy bo‘linma xodimlari savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi