Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirishi lozim


Davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirishi lozim


Davlat  fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, axloq normalariga doimiy rioya qilishi, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirishi lozim.
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Shirin shahar bo'limida tashkil  qilingan seminar Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Seminarda mazkur Qoidalar davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilashi ta’kidlandi.
Shuningdek, davlat xizmatchilari halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishii lozimligi xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Qolaversa, davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi tushuntirildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi