Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari bo'yicha targibot tadbiri o'tkazildi


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.
Tadbirda davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinish uslubining na’munaviy qoidalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlandiki, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi. Davlat xizmatchilari ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerakligi tushuntirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi