Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish mavzusida targʻibot tadbiri tashkil qilindi


Joriy yilning 30-avgust kuni Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi K.Ernazrov ishtirokida tuman mahalla raislari va hokim yordamchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida” OʻRQ-781-son va OʻRQ-782-son qonunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yi 24-avgust kuni qabul qilingan PF-198-sonli Farmonining mazmun mohiyati haqida tushunchalar berib oʻtildi.

Tadbirda ushbu qonun bilan jamoat ehtiyojlariga olib qoʻyiladigan yer uchun beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari ham aniq koʻrsatilayotganligi, xususan, beriladigan kompensatsiya turlari pul mablagʻlari, shu jumladan turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni vaqtinchalik ijaraga olish uchun pul mablagʻlari, boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berishdan iborat ekanligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, mazkur qonunni ishlab chiqishda milliy anʼana va qadriyatlarga ham alohida eʼtibor qaratilganligi, yaʼni bitta mahalla yoki koʻchada yashovchi huquq egalari va ularning oila aʼzolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida huquq egalarining xohishiga koʻra, ularga bitta mahalla yoki koʻchada joylashgan yangi uylar (bitta koʻp kvartirali uydagi kvartiralar) berilishi belgilanganligi tushuntirildi.

Tadbir soʻngida yigʻilish ishtirokchilariga internet elektron tarmogʻi orqali qulay tarzda qonunchilikdagi yangiliklar va maʼlumotlar olish yuzasidan adliya vazirligi tomonidan telegram ijtimoiy tarmogʻida tashkil qilingan “Huquqiy axborot” kanaliga ulanish tavsiya etildi.


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi