Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Odob-axloq qoidalari yuzasidan joylarda targʻibot tadbirlari tashkil qilinmoqda


2022-yilning 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  595-son qarori yuzasidan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali bilan hamkorlikda boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi viloyat boshqarmasi xodimlari uchun oʻquv seminar tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Axrorov hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali bosh inspektori D.Sadullayev ishtirok etib, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-son qarori mazmun-mohiyati, xususan, davlat fuqarolik xizmatchilariga berilayotgan imtiyoz va vakolatlar hamda yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar, firibgarlik, tovlamachilik va boshqa jinoyat va huquqbuzarliklar va ularni oldini olish boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Shunga koʻra, davlat fuqarolik hizmatiga kirish asoslari va cheklov, Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatishga sabab boʻladigan sabablar, jumladan lavozimni egallashi uchun yolgʻon axborot taqdim etilganligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi, fuqarolikni yoʻqotish kabi sabablar aytib oʻtildi.

Oʻquv seminari yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi