Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Farzandining o'lim guvohnomasini rasmiylashtirishda ona adliyadan yordam so'radi


Shirin shahrida yashovchi fuqaro Z.Shodmonkulova 2004-yil 5-noyabrda farzandi Zarinadan ayrildi.

Farzand dog‘i, judolik azobi bir tomonu, turmush tashvishlari bir yon bo‘lib, Zamira opa qizining o‘lim haqidagi guvohnomasi kun kelib kerak bo‘lishini o‘ylamadi ham. Ammo bugun shu hujjat kerak.  

Z.Shodmonkulova FHDY boʻlimiga oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirib berish masalasida murojaat qildi. Xovos tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqida tibbiy guvohnoma taqdim qilinmaganligi sababli fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Zamira opa bu borada adliya ko'magiga tayandi.   Shirin shahar adliya bo‘limiga yordam so‘rab kelgan Zamira opa ushbu hujjatni o‘z vaqtida rasmiylashtirib olmaganidan afsusda ekanligini, bu esa ortiqcha vaqt va yugur-yugurga sabab bo‘layotganini ma’lum qildi.  

Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan ish yurituvga olinib, qonunchilik talablari asosida o‘rganildi, zarur hujjatlar to‘plandi.

Aniqlanishicha, Xovos tumani FHDY boʻlimi tomonidan 2004-yil 29-mart kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida A`zamqulova Zarina Abdurashid qiziga 69-son bilan tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan. Unga koʻra, A`zamqulova Zarina Abdurashid qizining 2004-yil 10-mart kuni Shirin shahrida tugʻilganligi koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, Xovos tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda A`zamqulova Zarina Abdurashid qizi 2004-yil 5-noyabr kuni vafot etganligi va Xovos tumani “Sh.Muxammadali” qabristoniga dafn etilganligi qayd qilingan.

O‘rganish davomida A`zamqulova Zarina Abdurashid qizining o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi 2004-2022-yillar tekshirilganda Sirdaryo viloyat FHDY arxivida mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-prosessual kodeksining 283-moddasi 10-bandiga ko‘ra, sudlar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni, agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilashga oid ishlarni ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga yega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarorining 20-bandiga ko‘ra, agar shaxsning ma’lum vaqt va ma’lum holatda vafot yetganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo‘lsa, FPK-295-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga asosan sud o‘lganlik faktini belgilaydi.

Qayd etilganlarga asosan Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sudning hal qiluv qarori Z.Shodmonkulovaning farzandi A`zamqulova Zarina Abdurashid qizining o‘lganlik fakti belgilandi.



Ikrom Hakimov,

Shirin shahar adliya bo'limi boshlig'i