Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Har bir xodim korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayanishi lozim


Yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional xizmat ko‘rsatish Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Markazlar tomonidan dastlab 12 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 19 taga yetdi. Bundan tashqari umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar ham bosqichma-bosqich qamrab olinmoqda.

“E-huquqshunos” elektron tizimi yuridik xizmat ko‘rsatishda zamonaviy qulaylik. Ayniqsa, hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi natijasida turli shakldagi qonunbuzilishlarning oldi olinib, mehnat munosabatlarida qonuniylik ta’minlanmoqda.  Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 11 ta tuman-shaharda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda. Markazlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, adliya boshqarmasi tomonidan yuridik tusdagi hujjjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlarga xulosa berish va boshqa idoraviy hujjatlarni ijrosini ta’minlashda uslubiy ko‘mak berib kelinadi.

Ayniqsa, kasb etikasi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish borasidagi muloqot va amaliy ishlar faoliyatda qonuniylik hamda ijro intizomini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i A.Mavlonov hamda Huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘I B.Narbayevlar tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Jarayonda adliya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan idoraviy hujjatlar mazmun-mohiyati, Adliya organlari va muassasalari xodimlarining axloq normalari va qoidalarga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlari tushuntirildi.

Darhaqiqat, Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan tamoyillar va talablar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatida mustahkamlangan.

Har bir xodim korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qat’iy taqiqlanishi yuzma-yuz muloqotlar davomida alohida ta’kidlandi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi