Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi sessiyasida adliya bo‘limi boshlig‘i I.Xakimovning axboroti tinglandi


Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq ellinginchi sessiyasida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I. Xakimov 2022 yilning 9 oyi davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yuzasidan axborot berdi.

Ta’kidlanganidek, 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida bo‘limga 183 ta murojaat kelib tushgan, shundan 148 ta murojaat qanoatlantirilgan, 33 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Fuqarolar manfaatida sudlarga jami 66 ta daʼvo arizalari kiritilib, 1 millard 458 millon 791 ming so‘m undirib berildi, qonunbuzilishi yuzasidan tashkilotlarga 8 ta taqdimnoma kiritilib 3 ta intizomiy va 1 ta maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bo‘lim tomonidan 20 ta o‘rganish, 71 ta monitoring va tahlillar o‘tkazildi, ushbu masalalar yuzasidan 1846 ta qonun buzilishi aniqlandi, davlat organlari va tashkilotlarga 91 ta taqdimonma kiritilib, fuqarolar foydasiga 810 milion 876 ming so‘m undirib berildi, 986 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi va qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi, 62 nafar masʼul shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, shahar hokimining huquqiy espertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan 8 ta qaror loyihasi ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosalar berildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 74 ta taklif ishlab chiqilib, viloyat ishchi guruhiga taqdim etilgan. Hisobot davrida tashkilot, korxona va muassasalarga 878 ta normativ-huquqiy hujjatlar tarqatildi.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan mazkur masala yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi