Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mobil-ID tizimi davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikasiyalashni nazarda tutadi.
Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YAIDXPning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joiz, mazkur tizim foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ma’lumot o'rnida, Davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrgacha bepul, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirgan holda amalga oshiriladi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi