Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sessiyada Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i axborot berdi


Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Ernazarovning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2022-yil 9 oyi davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, Adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan monitoring o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 283 ta taqdimnoma, 486 ta ogohnoma, 70 ta ma’muriy takliflar kiritildi. Taqdimnomaga asosan 164 nafar aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Bo‘lim tomonidan fuqarolarning manfaatida sudlarga 234 ta 1 mlrd 343 million so‘m da’vo arizalari kiritilib barchasi qanoatlantirildi. Bo‘limga 2022-yilning 9 oyi davomida 345 ta murojaatlar tushgan bo‘lib, shulardan 285 tasi, ya’ni 87 foizi qanoatlantirildi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda 2953 dan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan, 1979 marotaba OAVlarida, 900 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Sirdaryo tuman hokimi tomonidan 2022-yilning 9 oyida normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qarorlar qabul qilindi. Hokimlik va xalq deputatlari Kengashining qabul qilgan qaror va farmoyishlari amaldagi qonunchilik talablariga hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai-nazaridan o‘rganilib, yakuni yuzasidan tegishli xulosalar berildi.
Bo‘lim tomonidan Prezidentimizning “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2733-Qarori va ushbu qaror asosida tasdiqlangan Nizomlar talabining ijrosini tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarning xolatini manitoring qilib, yuridik xizmatlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirib, nazoratini olib bormoqda.

Sirdaryo tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning masʻul xodimlari bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘rilmoqda. Xususan, Sirdaryo tumani irrigasiya bo‘limi bilan tuzilgan shartnomalar asosida yuzaga kelgan 3 mlrd 738 mln so‘m qarzdorlik summasini so‘ndirish yuzasidan 32 ta talabnomalar tayyorlanib yuborildi.
Shuningdek, Markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning shartnomalar loyihalarini tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida markaz tomonidan 12 649 ta hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Sirdaryo tumani adliya bo‘limi 1-son va 2-son FHDY bo‘limi tomonidan 2022-yil 9 oy davomida 2391 ta tug‘ilganlik, 676 ta nikoh, 419 ta o‘lim dalolatnoma yozuvlari qayd etildi.

Seesiya kun tartibidan o'rin olgan mazkur masala yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi