Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida “Jadid tafakkuri” stipendiyasi tanlovining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi


“Jadid tafakkuri”. Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilar uchun ta’sis etilgan ushbu nomdagi stipendiya yosh avlodda mustaqillik g‘oyalariga sadoqat hissini kuchaytirish, ilmga intilishni rag‘batlantirish, jadidchilik harakati namoyandalarining g‘oyalarini targ‘ib qilish orqali xalqparvar avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish, bo‘lajak huquqshunoslarda ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish maqsadlarini ilgari suradi.

Mazkur tanlov 2-bosqichdan iborat bo‘lib, bunda o‘quvchilarning jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va ijodi, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi faoliyati haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida stipendiya uchun tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 9 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tanlov nizomiga muvofiq ishtirokchilar tomonidan jadidlarning milliy istiqlol, millat va davlat huquqi, adolatli jamiyat, milliy davlatchilikka oid g‘oyalari haqida esselar yozildi. Shuningdek, qonunchilikka yangicha yondashuv asosida takliflari aks ettirildi.

Tanlovning ochiq, shaffof va halol o'tishini ta’minlash maqsadida jarayon ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, texnikumning 2-bosqich o‘quvchisi Nodirbek Zamonov 179 ball to‘plab, tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal! Ushbu g‘oya bugun adliya tizimidagi ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faol harakatga chorladi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tanlov yoshlar orasida Vatanga sadoqat va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, bo‘lajak huquqshunoslarda novatorlik, ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini berdi.



Sirdaryo viloyat adliya bosqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi