Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mahalla raislarining huquqiy bilimlari oshirildi


Mahalla raislarining huquqiy bilimlari oshirildi

     Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi doirasida o‘quv-seminar tashkil qilindi .
     Seminarda Sirdaryo viloyati notarial palatasi, Madad” NNT Guliston shahar huquqiy maslahat byurosi xodimlari, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shuhrat Sindorovlar ma’ruza bilan ishtirok etdi.
     O‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari uchun tashkil qilingan tadbirda “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyati tushuntirildi.
     Zamonaviy texnologiya imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy mavzudagi savollarga atroflicha javob oldilar.

     Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi