Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun mazmun mohiyati tushuntirildi


Yangi qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun mazmun mohiyati yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil qilindi.

Guliston tuman adliya bo’limi tomonidan  tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi qonuni mazmun mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilariga berilayotgan imtiyoz va vakolatlar hamda yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar haqida tushuntirishlar berildi.
Shunga koʻra, davlat fuqarolik hizmatiga kirish asoslari va cheklov, Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatishga sabab boʻladigan sabablar, jumladan lavozimni egallashi uchun yolgʻon axborot taqdim etilganligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi, fuqarolikni yoʻqotish kabi sabablar aytib oʻtildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga asosan, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida yoʻqotishi mumkinligi ushbu xarakat uchun xatto jinoiy javobgarlik koʻzda tutilganligi haqida taʼkidlab oʻtildi.
Oʻquv seminari yakunida seminar ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi