Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil qilindi


Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil qilindi.

Tadbirda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi.

Seminarda gender tengligi tushunchasi, gender-huquqiy ekspertiza, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, mehnat munosabatlarida xotin-qizlarning imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanganligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi