Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz


Mamlakatimizda hukm surayotgan hamjihatlik muhiti tinchlik va barqarorlikning muhim omilidir. Elu yurtning shodiyona kunlarida bu ne’matning qadri yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.


       Mustaqillikning 31 yilligi bayrami arafasida O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan joylarda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
       Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida tashkil qilingan navbatdagi ma’rifat soati “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatiga qaratildi.

      Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X. Sulaymanbekova ishtirok etib, mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizni rivojlantirishda, xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishda amalga oshirilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

      Shuningdek, joriy yilning sentabr oyida ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining ahamiyati, mazkur tashkilotning tashkil topgandan buyon bugunga qadar bosib o‘tgan shonli tarixi yuzasidan nutq so‘zladi.

     Yakunda ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda, jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

  
   Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi