Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

BIRINCHI QO'NG'IROQ - BILIMLAR SARI CHORLOV


Sirdaryo viloyatida 314 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularda  158 361 nafar o‘quvchi yoshlar tahsil oladi. Bugun barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Ayniqsa, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimlik hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollarining ishtiroki  o‘qituvchi va o‘quvchilarga katta xursandchilik ulashdi. Boyovut tumani 43-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda  Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev maktab jamoasi va o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 31 yillik qutlug‘ to‘yi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, Yangi o‘quv yilining ilk soatlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi “Mustaqillik darsi”da ma’ruza bilan ishtirok etdi.