Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Harbiy qismda konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi


Mirzaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumandagi 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati yuzasidan Markaz bosh yuriskonsulti D.Xolboyev o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Loyihada amaldagi konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritish nazarda tutilgan.

Muloqotda konstitutsiyaviy qonun loyihasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni konstitutsiyaviy darajada kafolatlash imkonini berishi, unda belgilanayotgan normalar ijtimoiy davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi muhim huquqiy kafolati, “Inson qadri uchun” g‘oyasining to‘la ro‘yobga chiqishi uchun xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi