Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Chet el harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik bor


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Mirzaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumanda joylashgan 525-sonli safarbarlik chaqiruvi rezervi bataliyonida tashkil qilingan tadbir “Chet el harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik masalalari” mavzusiga qaratildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik mavjudligi, O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmasligi tushuntirildi.

Shuningdek, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O’zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 154-1- moddasiga asosan O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy islohotlarda ishtiroki xususida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi