Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ichki ishlar xodimlarinig huquqiy savodxonligi oshirildi


Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan korrupsiya illati azaldan davlat va jamiyat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan omillardan biri hisoblanadi.

Ushbu illatga qarshi kurashishda davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini yuksaltirish dolzarb vazifadir.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” loyihasi doirasida Guliston shahar ichki ishlar boshqarmasida tashkil qilingan tadbir “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X. Sulaymanbekova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Muloqotda poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytirishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirishi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi