Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

IYUL OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning iyul oyida Yangiyer shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi Noraliyev Arslonbek Yoqub o'g'li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Noraliyev Arslonbek Yoqub o'g'li 2019-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. Faoliyatini 2019-yilda Toshkent shahridagi "Qonun, huquq va himoya" advokatlik firmasida advokat yordamchisi lavozimidan boshlagan. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Yangiyer shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Noraliyev Arslonbekni ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.