Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Boyovutda adliya bo'limining yangi binosi ish boshladi


Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi bir kunda o‘rtacha 100-110 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. 2022-yilning 6 oyi davomida Markaz tomonidan 6918 ta, sayyor tartibda 2100 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Maydoni 1200 kvadrat metrga teng Adliya bo'limi binosi qisqa muddatda “Rem stroy partnyor” MCHJ tomonidan qurib bitkazildi. 

 Darhaqiqat, ko‘rkam qiyofa kasb etgan ushbu inshoot qurilishida fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi. Eng muhimi, adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDYO, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bitta binoda joylashgani murojaatchilar uchun yanada qulaylik yaratadi.

Yangi binoning ochilish marosimida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, Oliy Majlis Senati ishchi guruhi, tuman va shahar sektor rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan, 2 qavatdan iborat mazkur binoga tashrif buyuruvchilarga keng va yorug‘, shinam xizmat zalida qulay sharoitlarda xizmatlar ko‘rsatiladi. Barcha qulayliklarga ega markazda elektron navbat tizimi monitorlarda aks etib turadi. 10 ta qabul oynasida esa ko‘rsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi.

Markazda murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 170 dan ortiq turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu yerda elektron navbat tizimi, paynet, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hamda mini-kutubxona, bolalar maydonchasining tashkil qilingani yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

-Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlari orasida ma’muriy islohotlar doirasida birinchi bo‘lib isloh qilingan vazirlik hisoblanadi. Ushbu binoda barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, xalqimizga zamonaviy va innovatsion xizmat ko‘rsatish, huquqiy ko‘mak berishning istiqbolini ko‘rish mumkin, - dedi viloyat rahbari Gʻ.Mirzayev o'z so'zida.

Chindan ham, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiq qad rostlagan ushbu inshootda aholi va tadbirkorlarga tezkor, shaffof, sifatli davlat xizmatlari va huquqiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yanada kengaydi. Bu o‘z navbatida, fuqarolarning kundalik muammolariga tezkorlik bilan yechim topishda muhim omildir.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi