Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya boshqarmasi tomonidan 2022- yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay’at majlisida boshqarma rahbar va xodimlari, "ZOOM" platformasi orqali tuman (shahar) adliya bo‘limlari studiyalaridan adliya, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etilganidek, hisobot davrida boshqarma tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida 1 893 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 720 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, shundan 32 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 11 mlrd 958 mln so‘mlik 1 250 ta da’vo arizalari kiritildi. Kelib tushgan jami 3 020 ta murojaatlarning 2 742 tasi qonuniy hal etildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha jami 19 353 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.


Xususan, 334 ta qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Aniqlangan 17 820 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga 798 ta taqdimnoma, 2 532 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 243 ta takliflar kiritildi.

Hay’at majlisida faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, muammoli masalalar ochiq-oydin muhokama qilindi.

Hay’at majlisida faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida sohani takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash, takliflar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini jonlantirish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi