Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Adliya ayoli” respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi


Adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish hamda faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirish maqsadida “Adliya ayoli” respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bu yil ilk marotaba o‘tkazilgan mazkur tanlovda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan 7 nafar xotin-qizlar belgilangan uchta shart asosida g‘oliblik uchun bahslashishdi. 
Birinchi shartda ishtirokchilarga bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari taqdim etildi. Test savollarini bajarish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to‘g‘ri javob uchun bir ball berildi. 
Ikkinchi shartda qatnashchilar qonunchilikka oid taklif taqdim etdilar.Takliflar hakamlar xay‘ati tomonidan muammoni hal etish uchun maqsadga muvofiq yechim ekanligi hamda yangiligiga ko‘ra baholandi.
Uchinchi shartda ishtirokchilarning uy yumushlaridagi bekalik, pazandalik mahorati sinovdan o‘tkazildi. talabgorlarning barchasiga bir xil turdagi masalliqdan somsa tugish vazifasi yuklatildi.
Tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rin Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi yetakchi maslahatchisi Laziza Mamadjanovaga, 2-‘rin Huquqiy xizmatlar bo‘limi bosh maslahatchisi Iroda Muxammadiyevaga, 3-o‘rin Oqoltin tuman FHDY bòlimi arxivariusi Dinora Umirzoqovalarga nasib qildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg’‘alari bilan taqdirlandilar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi