Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

#Adliya_nazorat


Davlat xizmatlarini rivojlantirishda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyati juda muhim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4193 (https://lex.uz/docs/-4203364)-son qarori hamda PF-5930 (https://lex.uz/docs/-4720389)-son va PF-6269 (https://lex.uz/docs/-5530487)-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

  Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;

  Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;

 “O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;

  “Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.