Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

SIRDARYO SOHILIDAGI GURUNG


Yozning jazirama kunlarida salqin joyda, ayniqsa, daryo sohilida bir piyola choy ustida suhbat qurishga ne yetsin?  

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi qoshidagi Jurnalist ayollar jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Sirdaryo sohilidagi so‘lim bir go‘shada tashkil etildi. Pastlikdan oqib o‘tgan daryodagi muzday suvning epkini kelib turgan, quyuq soya tashlagan daraxtlar tagidagi shiyponga jamlangan ijodkor ayollar o‘z suhbatlarida yurtimizda, jumladan viloyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish maqsadida belgilagan imtiyoz va imkoniyatlar xususida so‘z yuritdilar.

Tadbirni respublika Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi Dilorom Ismadiyorova boshqarib bordi.

 Uyushma viloyat bo‘limi Jurnalist ayollar jamoatchilik kengashi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Xolida Pardaboyeva viloyatimizda qalam tebratayotgan jurnalist opa-singillarimizning faoliyati to‘g‘risida gapirar ekan, ularning Prezidentimiz rahnamoligida vohamizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlari, sirdaryoliklarning Yangi O‘zbekistonni bunyod etishdagi ishtiroki, munosib hissasini yoritish, shuningdek, bugunnni kunning dolzarb muammolaridan bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy, xususiy tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yish borasidagi yangi loyihalarni keng targ‘ib etishdagi ishtiroki haqida to‘xtaldi.

  Yig‘ilishdagi navbatdagi “Oilaviy ajrimlarning oldini olish “ masalasi haqida kengash a’zosi, “Oydin yo‘l” xotin-qizlar gazetasi bosh muharriri Dilora Esanova ma’ruza qildi.

-Viloyatimizda oilaviy ajrimlarning ko‘payib borayotganligi sir emas, - dedi Dilora Esonova. - Bu masala viloyat Oila xotin-qizlar boshqarmasida respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham muhokama etildi. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida xotin-qizlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, nizoli oilalar bilan ishlash, mahalla xotin-qizlar faolining har bir oilaga kirib borishi va ishni to‘g‘ri tashkil etishi bo‘yicha tuman-shaharlardagi o‘rganish jarayonlarining natijalari haqida tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirildi.

Afsuski, bugungi kunda ayrim oilalarning arzimagan sabablar bilan ajrashib ketayotganligi achinarli holat. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda joriy yilning o‘tgan davrida 2790 ta nikoh, 881 ta ajrimlar qayd etilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 224 taga oshgan. 

Oilaviy ajrimlarning 194 tasi (29,1 foizi) FHDYO organlarida, 543 tasi (71,8 foizi) sud qarori asosida qayd etilgan. Shu bois viloyatimiz xotin-qizlari hayoti aks ettiriladigan gazetamiz sahifalarida bu og‘riqli masalaga daxldor bo‘lgan tashkilot va muassasalar rahbarlari, xodimlari tomonidan joylarda ushbu muammolarni hal etish, oldini olish borasidagi chora-tadbirlar, mahallalarda o‘tkazayotgan targ‘ibot ishlari keng yoritilmoqda.

Viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari Dilnoza Umrzoqova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining amaldagi ijrosi hamda ayni paytda axborot xizmatlari faoliyatidagi yutuqlar va muammolar  to‘g‘risida so‘z yuritdi. Darhaqiqat, bugungi kunda axborot xizmatlari faoliyatida ijobiy yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda.

Shuningdek, tadbir ishtirok etgan boshqa jurnalist ayollar ham o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini o‘rtaga tashladilar.       

Bir piyola choy ustida ertangi kun rejalari,  ibratli va xayrli ishlar tilga olindi.


  X. Eshonqulovа