Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

SAYYOR XIZMATLARDAN AHOLI MAMNUN


“O‘zimiz keldik”. Aholiga qulaylik yaratish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyihadan bugun xalqimiz mamnun. Boisi soha xodimlari endi mahallalarda, xonadonlarda, bozorlaru, aholi gavjum joylarda bo‘lib fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda. Mirzaobod tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan navbatdagi tadbir Navro‘z mahallasida joylashgan avtomashina bozorida tashkil etildi.  
Tadbir davomida sayyor tartibda aholiga 32 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muasasasiga navbatga qo‘yish, elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish, yechish, tamg‘alash uchun arizalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, jarayonda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.