Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi deputatlar muhokamasida


Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan Xalq deputatlari Boyovut tuman kengashi deputatlari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tadbir yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi.
Muhokamada yangi tahrirdagi loyihada qonun qo‘llaniladigan sohalar kengaytirilganligi, asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilganligi ta’kidlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori D.Uralova ishtirok etib, mazkur hujjatda ma’muriy shikoyat berish predmeti kengaytirilganligi, ma’muriy ish yuritishda manfaatdor shaxslarni tinglash tartibi, ma’muriy hujjatning qonuniyligi, haqiqiyligi, haqiqiy emasligi e’tirof etiladigan, shuningdek uni bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar, ma’muriy ko‘maklashish tartib-taomili yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Jarayon qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘lib,  ishtirokchilarning yangi qonun loyihasiga taklif va mulhazalari tinglandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi