Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Maʼmuriy tartib-taomillar sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilishi uchun xizmat qiladi


Boyovut tuman adliya boʻlimi tomonidan mahalliy kengash deputatlari ishtirokida tashkil qilingan tadbir yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni muhokama qilindi.

Tadbirda maʼmuriy tartib-taomil, umumiy vakil, dastlabki maʼmuriy hujjat tushunchalari, oʻzboshimchalikni, huquqning suiisteʼmol qilinishini taqiqlash, huquqini qoʻllash rad etilishiga yoʻl qoʻymaslik kabi tartib-taomillar yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, maʼmuriy koʻmaklashish tartib-taomili, maʼmuriy koʻmaklashish muddatlari, shuningdek koʻmaklashishni rad etish asoslari xususida soʻz yuritildi.

Yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida maʼmuriy hujjat yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda boʻlishi, shuningdek u belgilar, imo-ishoralar va signallar yoʻli bilan, tasdiqlovchi hujjat berish yoki muayyan harakatlarni, shu jumladan avtomatik vositalar yordamida amalga oshirish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkinligi nazarda tutilganligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, maʼmuriy ish yuritishda guvoh, ekspert, mutaxassis va tarjimon qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari, protsessual hujjatga talablar, maʼmuriy ish yuritishda manfaatdor shaxslarni tinglash tartibi, qonuniy va noqonuniy maʼmuriy hujjatlarni bekor qilish asoslari, qonuniy kuchga kirgan maʼmuriy hujjatni qayta koʻrib chiqish uchun asos tartibi yuzasidan fikr mulohazlar tinglandi.


Boyovut tuman adliya boʻlimi