Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sirdaryo tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining ellik birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi


Sirdaryo tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining ellik birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Sessiyada Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Ernazarov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yil 6 oyi davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

 Ta’kidlanganidek, Boʻlim tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida oʻtkazilgan monitoring oʻrganishlar natijasiga koʻra, 122 ta taqdimnoma, 376 ta ogohnoma, 43 ta maʼmuriy takliflar kiritildi. Taqdimnomaga asosan 92 nafar aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Boʻlim tomonidan fuqarolarning manfaatida sudlarga 210 ta 1 mlrd 331 million soʻm daʼvo arizalari kiritilib barchasi qanoatlantirildi. Boʻlimga 2022-yilning 6 oyi davomida 288 ta murojaatlar tushgan, shulardan 257 tasi boʻlim tomonidan koʻrilib 223 tasi yoki 86 foizi qanoatlantirildi.

Adliya boʻlimi tomonidan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan jami 14 ta taqdimnoma, 32 ta ogohnoma taʼsir choralari hamda jami 31 ta yozma koʻrsatmalar kiritilib, davlat organlari va tashkilotlarida xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilinishida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga zid ravishda qabul qilingan 56 ta buyruq bekor qilindi.

2022-yilning 6 oyi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlariga, mahallalarga va boshqa xoʻjalik yurituvchi tashkilotlariga jami 591 ta normativ-huquqiy hujjatlar matni elektron shaklda yetkazildi. Shundan, 40 ta Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 201 ta hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining 226 ta qarorlari hamda 117 ta Vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlaridir.

Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan 2453 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Boʻlim tomonidan tuman hokimi va  xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy tusdagi 7 ta qaror va farmoyishlari amaldagi qonunchilik talablariga hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai-nazaridan oʻrganilib, yakuni yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi