Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yuridik texnikumda o'qishni xohlaysizmi? Unda shoshiling!


Respublikamizda 14 ta yuridik texnikumlar tashkil etilgan bo'lib, ularda quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi:

- davlat huquqiy faoliyat;

- yuridik xizmat;

- sud-huquqiy faoliyat.
Sirdaryo viloyat Yuridik texnikumiga 2022-2023-o'quv yillari uchun qabul boshlandi. Shu munosabat bilan Guliston shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan 2022-yilning 28-iyul kuni Xalq ta'limi bo'limi tizimidagi umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirokida Sirdaryo viloyat Yuridik texnikumiga qabul tartibiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida qatnashchilarga yuridik texnikumga umumiy o'rta-ta'lim (11-sinfni) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkinligi, o'qishga kirish uchun abiturientlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinishi tushuntirildi.

Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga yuridik texnikumga O'zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilishi hamda test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo'lib o'tishi, yuridik texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan oʻqishini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishi haqida to'liq ma'lumotlar taqdim etildi.


Guliston shahar Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi