Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya tizimidagi islohotlar: huquqiy xizmat ko‘rsatish, ijro intizomi - islohotlar garovi


Adliya tizimidagi islohotlar: huquqiy xizmat ko‘rsatish, ijro intizomi - islohotlar garovi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ushbu mavzuda tashkil etilgan seminarda norma ijodkorligi, ijro intizomi, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni samarali tashkil etish, davlat tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda yuridik xizmat ko‘rsatish sifati hamda “E-qaror” tizimining imkoniyatlari xususida so‘z bordi.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Adliya vazirligi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda turli tadbirlar, aholi bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlari yuriskonsultlari, ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun o‘tkazilgan navbatdagi seminarda dastlab qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi. 
Ta’kidlanganidek, qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etilishi islohotlar samarali kechishining garovi hisoblanadi. Biroq, tahlillar natijasida ijro intizomi samarasiz darajada ekanligidan dalolat beruvchi ko‘plab holatlar aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida aynan mana shu yo‘nalishda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Seminarda Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijro qilinishi nazoratini ta’minlovchi yangi formatdagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan foydalanish tartibi to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar va monitoringlar natijasi tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni barataraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. 
Prezidentimizning shu yil 18-martdagi «Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyi bo‘linmalarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

 Shuningdek, tadbirda yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan norma ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi islohotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, “E-huquqshunos”, “E-qaror” elektron tizimidan foydalanish tartibi va imkoniyatlari tushuntirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi