Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Yangiyer shahar Ma’naviyat va ma’rifat maskanida "Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish", "Internet tarmog‘idagi buzg‘unchi g‘oyalardan saqlaning", “Jaholatga qarshi ma’rifat”, "Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzularida


Yangiyer shahar  Ma’naviyat va ma’rifat maskanida "Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish", "Internet tarmog‘idagi buzg‘unchi g‘oyalardan saqlaning", “Jaholatga qarshi ma’rifat”, "Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bunda RMMM shahar bo‘linmasi rahbari A.Abduqodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Yangiyer shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov, shahar Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi  A.Noraliyev, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati T.Samiyev, shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Xaitaliyev, shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i v.v.b Sh.Ortiqboyev, “Shukurona” MFY raisi J.Egamov, mahalla yoshlar yetakchisi A.Bahodirov hamda madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar. Suhbat davomida mutasaddilar tomonidan kun tartibidagi mavzular yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Suhbat RMMM shahar bo‘linmasining  “Ma’naviyat” radiotarmog‘i orqali to‘liq uzatildi.