Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Respublika ishchi guruhi tomonidan Xovos tumanida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, mahalla raislari va davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi


Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Adliya vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan bugun Xovos tuman hokimligi majlislar zalida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, mahalla raislari va davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalardagi mavjud muammolarni “xonadonbay” va “fuqarobay” tizimda o‘rganish, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishda sektorlar faoliyatini yanada mustahkamlash, yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.  

Shuningdek, muloqotda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Savol-javob, munozaralarga boy tarzda o‘tgan tadbir davomida hududda aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi