Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir


Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 21143-sonli harbiy qismda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbir davomida “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida»gi Qonuni va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashda milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlari, ilg‘or xorijiy tajribaga ega bo‘lgan AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Gruziya, Ozorbayjon kabi 100 dan ortiq mamlakatlarning konstitutsiyalari o‘rganilganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, qonun loyihasida amaldagi konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilishi nazarda tutilganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Tadbir nihoyasida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchiik bilan aloqalar bo‘limi