Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda


Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal etish, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan joriy yilning 25-iyul kuni Sirdaryo, Xovos va Boyovut tuman adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi. Xususan, norma ijodkorligi, huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglanib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruh tomonidan Sayxunobod tumanining “Ittifoq” MFYda tuman adliya bo‘limi rahbariyati va tegishli tuman (tashkilotlari) ishtirokida sayyor qabul tashkil qilinib, subsidiya, bank kreditlari va nafaqalar ajratish tartibi, bu borada yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati hamda ularni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur sayyor qabul davomida tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor tartibda 36 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatning olis va chekka hududlariga chiqqan holda jami 217 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Jumladan, Oqoltin tumanida 116 ta, Yangiyer shahrida 38ta, Shirin shahrida 6 ta, Sayxunobod tumanida 36 ta, Boyovut tumani 21 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, FHDY organlari tomonidan 2 ta holatda muddati o‘tib qayd etilgan o‘lim va 1 ta holatda 8 yil shar’iy nikohda yashagan fuqarolarga qonuniy nikoh qayd etilib guvohnomalar taqdim etildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi