Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Jinoyatlarning oldini olishga barcha birdek mas'ul


 Boyovut tumanidagi “Qarapchi” mahallasi jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” hudud toifasiga  kiritilgan.
      Tuman adliya bo‘limi, ichki ishlar, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan mazkur mahallada tashkil qilingan tadbir aholini qiynayotgan muammolarni manzilli hal etish, mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadiga qaratildi.
     Muloqot davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki jamoatchilikning dolzarb vazifasi ekanligi, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’qildandi.
     Tadbir davomida joriy yilning o‘tgan oylari davomida sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqqan holda yakkam-ayakka muloqotlar qilinishi bilan birga fuqarolarning muammolari o‘rganilib, murojaatlar qabul qilindi.

     Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi