Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Qabul 2022


2022/2023-o'quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi

“2022/2023-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi

Farmoyishga ko'ra, 2022/2023-o'quv yili uchun davlat OTMga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

  bakalavrlar tayyorlash bo'yicha:

▫️kunduzgi ta'lim shakliga – 77 477 nafar;
▫️sirtqi ta'lim shakliga – 26 095 nafar;
▫️kechki ta'lim shakliga – 3 725 nafar;
▫️masofaviy ta'lim shakliga – 3 410 nafar;

  magistrlar tayyorlash bo'yicha – 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTM kuzatuv kengashlari hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta'lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyungacha tasdiqlashi tavsiya etildi.