Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi


Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Asosiy Qonunimizda e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar insonning ajralmas huquqlari deb tan olingan.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tenglikni ta’minlaydi

Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida tashkil etilan seminar “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi katta maslahatchisi U.Qosimov hamda Guliston shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi F.Uralovlar mazkur qonunchilik hujjatlarining hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati yuzasidan so‘z yuritdilar.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar

.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi