Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Vijdon erkinligi shaxsning ajralmas huquqidir


Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas huquqlaridan biridir. Vijdon erkinligi insonning asosiy erkinliklaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina chin ma’noda huquq darajasiga ko‘tariladi. Aks holda shaxsning qalb kechinmalarini ifodolovchi bu huquq haqiqiy ma’nosini yo‘qotadi.Bu erkinlik deyarli barcha davlatlarning konstitutsiya va qonunlarida, shuningdek, qator xalqaro hujjatlarda huquqiy jihatdan himoyaga olingan.

Xovos tuman imom-xatiblari uchun tashkil tashkil etilgan navbatdagi seminar “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi Nodavlat-notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Q. Ahmadjonov O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari davlat chegarasidan O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan diniy mazmundagi materiallar ekspertizadan o‘tkazish uchun darhol vakolatli organga yuborilishi, diniy tashkilotlar tomonidan O O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan materiallar ijobiy xulosa olingandan keyin gologramma bilan tamg‘alanishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizda diniy ma’rifiy, milliy qadriyatlar va urf odatlar, diniy ta’lim olish, “Haj” safariga borish imkoniyatlari hususida fikr almashildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi