Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yetim bolalar va ota-ona qaromog’idan mahrum bo’lgan bolalar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kungi “Yetim bolalar va ota-ona qaromog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5216-sonli qaroriga asosan yetim bolalar va ota-ona qaromog’idan mahrum bo’lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Adliya idoralari tizimidagi tuman (shahar) Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko’rsatiladi.

      Mazkur qarorga asosan 2021 yil 15 avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaromog’idan mahrum bo’lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning quyidagi tartibi joriy etildi:

o’zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo’lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ular 18 yoshga to’lgan yilda ko’p qavatli uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo’lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o’rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo’lmagan 2 xonali uylar ajratiladi. Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo’lgan bolalarga kvartiralar ko’p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha bo'lgan qismidan ajratiladi;

yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun uylar Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko’chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko’p qavatli uy-joylardan harid qilinadi;

tegishli tuman (shahar)da ko’chmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan uylar mavjud bo’lmaganda, hududiy «Xalqparvar» komissiyalari xulosasiga asosan uylar ko’chmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda harid qilinadi;

yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash «onlayn-navbat» tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda mazkur navbatga o’zgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yo’l qo’yilmaydi;

 Xalq ta’limi vazirligi yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishi holati haqidagi har oyda yangilanadigan ma’lumotlarni o’zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to’lgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo’yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o’zi va oila a’zolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olish huquqisiz ajratiladi.

  Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat berilishi belgilab qo’yildi.

 Ularni uy-joy bilan ta’minlash jarayonida quyidagilar taqiqlandi:

 bitta ko’p qavatli uy-joyning har bir kirish yo’lagidagi [onadonlarda bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish;

ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun ko’p qavatli uy-joydan bitta xonadon ajratish (ular o’rtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);

yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun alohida ko’p qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;

 yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish).

 Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o’qiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko’rsatkichlari bo’yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qo’shimcha manbalari hisobidan kompensasiya qilinadi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash va ularga har tomonlama g’amxo’rlik ko’rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda bu vazifalarni bajarish uchun keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati