Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
27.01.2022

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot

2021-yil davomida Boshqarmaga 12 591 ta xat va hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 7 262 tasi ijrosi taʼminlandi. Shundan, 3 566 tasi vazirlik va boshqalardan kelib tushgan.

Sohaga doir 118 ta nazorat reja, chora-tadbirlar rejasi hamda yoʻl xaritalar ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.

Shuningdek, boshqarmaga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 514 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 3 200 tasi qonuniy hal etildi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 820 ta taqdimnoma va 2 438 ta ogohnoma kiritilgan. 172 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Koʻrilgan choralar natijasida 537 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, 107 ta noqonuniy hujjatlarning bekor qilinishi taʼminlangan.

Sudlarga 9 mlrd 452,9 mln soʻmlik 620 ta daʼvo arizalari kiritildi.

Koʻrilgan taʼsir choralari natijasida hozirgi kunda fuqarolarga 12 mlrd 617,9 mln soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirib berildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 45 ta normativ tusdagi qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan.

Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 25 569 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.

Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 379 ta takliflar kiritilgan.


Kadrlar bilan ishlash sohasida

Boshqarma va uning tizimidagi idoralarda 107,5 ta shtat birligida 98 nafar xodim ishlaydi.

2021-yilning 12 oy davomida 3 nafar vakant Sirdaryo tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi vakant.

Hozirda shtat boʻyicha lavozimlarga toʻldirish choralari koʻrilmoqda tanlov eʼlon kilingan.


Huquqiy targʻibot sohasida

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha bir qator huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, 25 569 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Shundan,

16 802 marotaba OAVda, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilindi, joylarda 8 093 marotaba seminarlar, maʼruzalar, davra suhbatlari oʻtkazildi, 668 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibotlar ishlab chiqilgan.


Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida.

Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida.

Yuridik xizmat shtat birliklari 92 tani tashkil etadi. (davlat boshqaruvi organlarida 62 ta, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 12 ta va boshqa tashkilotlarda 18 ta).

Shundan, 92 ta davlat organi va tashkiloti yuridik xizmat bilan taʼminlangan boʻlib, barchasi oliy yuridik maʼlumotli. Qolgan 9 ta vakant joyni toʻldirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Yuridik xizmat xodimlarining 54 nafari belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirgan, 56 nafari adliya boshqarmasida attestatsiyadan oʻtkazilgan, 84 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berilishi taʼminlandi.


Norma ijodkorligi sohasida

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 78 ta normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari (shundan 23 tasi Xalq deputatlari kengashining qarorlari loyihalari) huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, 62 tasiga qonun hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha xulosa berildi.

Shundan, 16 ta qaror loyihasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan qaytarilgan.16 ta, viloyat, tuman va shahar hokimlari qarorlari 29 ta).


NNTlar bilan ishlash sohasida

Hisobot davrida NNT soni 471 ta hamda 86 ta (Islomiy diniy tashkilotlar 75 ta, Noislomiy diniy tashkilotlar 11 ta) 28 ta NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

NNTlar faoliyati oʻrganilib, natijasi boʻyicha 88 ta taqdimnoma hamda 12 ta maʼmuriy javobgarlikk tortilgan va 91 ta mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, 4 tasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.


Inson huquqlarini himoya qilish sohasida

Hisobot davrida 2 493 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Shundan, 2 269 tasi qonuniy hal etilgan.

Ushbu sohada 178 ta taqdimnoma kiritilib, 141 nafar mansabdor shaxs intizomiy hamda 42 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Sudlarga 5 mlrd 241 mln soʻmlik 519 ta daʼvo arizalari kiritildi.

Koʻrilgan taʼsir choralari natijasida hozirgi kunda fuqarolarga 7 mlrd 125 mln soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirib berildi.


Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohasida

Jismoniy va yuridik shaxslardan sohaga doir kelib tushgan jami 798 ta ariza va shikoyatlarning 721 tasi qonuniy hal etilgan.

Ushbu sohada 359 ta taqdimnoma kiritilib, 180 nafar mansabdor shaxs intizomiy hamda 100 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Sudlarga 6 mlrd 489 mln soʻmlik 99 ta daʼvo ariza kiritildi.

Koʻrilgan taʼsir choralari natijasida hozirgi kunda fuqarolarga 5 mlrd 492 mln soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirib berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Tashkiliy nazorat va tahlil ishlari bo'limi

Рўйҳатга қайтиш