Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.05.2025

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʻlon qildi.

07-05-2025-yildan 16-05-2025-yilgacha    huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:
·                    “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlashda koʻmaklashish;
·                    davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
·                    tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʻliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʻlanishni taʼminlash;
·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Рўйҳатга қайтиш