Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʻlon qildi.
Oʻtish balli: 56
Tanlov turi: Ichki tanlov(tashkilot doirasida)
Boʻlinma nomi: Guliston tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi
Lavozimi: Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi
Minimal ish staji (yil): 2
Ilmiy unvon/ilmiy daraja talab qilinadi: talab qilinmaydi
Nogironlik: yoʻq
Test turi: Davlat fuqarolik xizmatchisi (Mutaxassis)
Vakansiya eʼlon qilingan sana: 25.12.2025
Vakansiya yopilgan sana: 29.12.2025
Malaka talablari: Yurisprudentsiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʻlumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlishi, soha boʻyicha 2 yillik ish staji, davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish, kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish, masuliyatni xis qilish, qatʻiyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilish (ustuvorlik beradi) talab etiladi.
Majburiyatlar: Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarish.
Mutaxassisligi: Yurisprudensiya
Ish tartibi: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.