Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
09.09.2022

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha 8-sonli EʼLON:

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qildi:

1. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – 1 nafar;

2. Professor (fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga yoki professor ilmiy unvoiga egan boʼlgan – 1 nafar;

3. Dotsent(fan doktori yoki fan doktori(Doctror of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga yoki professor ilmiy unvoiga egan bo‘lgan – 1 nafar;

4. Kafedra mudiri (Fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan – 1 nafar;

5.Oliy ma’lumotli o‘qituvchi (Ingliz tili) – 1 nafar

         Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar nomzodlar 2022-yilning 24-sentabr kuniga qadar belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma-obektivka, passport va diplom nusxalarini vacancy.adliya.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.

 (murojaat uchun telefon: 67/ 227-31-42/ 97-219-91-96)

Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichigа oladi:

- nomzodlarning vakant lavozimga qo‘yiladigan malakа talablariga muvofiqligini o‘rganish;

- test sinovlarini o‘tkazish;

- suhbat.

Birinchi bosqichda nomzodlarning hujjatlari vakant lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi o‘rganiladi va faqat malaka talablariga to‘liq mos kelgan nomzodlar keyingi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda vacancy.adliya.uz elektron sayti orqali nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maʼnaviyat va maʼrifat, siyosat va huquq bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

Test natijalariga ko‘ra 71 foizdan yuqori to‘plagan nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

Uchinchi bosqichda Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarning shaxsiy va kasbiy ko‘nikmalariga baho berish maqsadida suhbat o‘tkaziladi.

Tanlov komissiyasi aʼzolari tanlov natijalariga ko‘ra har bir nomzodni baholaydi.

- Ishga qabul qilishda ustunlik tanlov natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzodga beriladi, agar tanlov natijasiga ko‘ra nomzodlar to‘plagan ball teng bo‘lsa, Tanlov komissiyasi raisining xulosasiga asoslanib, yakuniy xulosa beriladi.

Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bo‘yicha nomzod vazirlik markaziy apparatidan suhbatdan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarga lavozim bo‘yicha nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1) oliy va o‘rta maxsus maʼlumotga egaligi (lavozimiga qarab);

2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;

3) davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi);

4) yuklatilgan vazifalarni mustaqil va ko‘maksiz bajara olish;

5) odob-ahloq normalariga rioya etadigan;

6) kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;   

7) shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Qo‘shimcha maʼlumotlar:

— oylik ish haqi lavozimga qarab (lavozim okladi) 920.000 so‘mdan
3405365 so‘mgacha tashkil etadi;

-ish ko‘rsatkichlariga qarab 200 foizgacha shaxsiy ustama belgilanadi;

Manzil: Guliston shahri, Manaviyat mahallasi  Ezgulik ko‘chasi.

Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Kadrlar bo‘limi

Рўйҳатга қайтиш