Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 225-00-93

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
12.04.2022

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi adliya organlari va muassasalarida amalda ishlayotgan xodimlar uchun quyidagi lavozimlarga ichki tanlov e’lon qiladi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi adliya organlari va muassasalarida amalda ishlayotgan xodimlar uchun quyidagi lavozimlarga ichki tanlov e’lon qiladi

1.Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i – 11 nafar;

2. Davlat xizmatlari markazlari direktori – 11 nafar;

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2022-yilning 15 aprel kuniga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Arizada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi hamda qaysi ish o‘rniga hujjat topshirish istagi haqidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.

Tanlov joriy yilning 19-20 aprel kunlari Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida adliya vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi komissiya tomonidan suhbat asosida o‘tkaziladi.

Eslatma: Amalda ishlayotgan adliya bo‘limi boshlig‘i va davlat xizmatlari direktorlaridan ichki tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilmaydi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri komissiya kotibi tomonidan nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

4.Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga – oliy yuridik ma’lumotga ega, ushbu mutaxassislik bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan xodimlar;

Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy ma’lumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan xodimlar.

Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida belgilangan talablar amalda ushbu lavozimda ishlayotgan xodimlarga tatbiq etilmaydi.

Murojaat uchun telefon: 67/ 226-07-20.

Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga yuborishingiz mumkin.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar bo'limi

Рўйҳатга қайтиш