Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
14.03.2022

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi

  Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi quyidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

1.    Xovos tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i – 1 nafar;

2.    Oqoltin tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti– 1 nafar;

3.    Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti– 2 nafar.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlarini (belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma-ob’ektivka, pasport va diplom nusxalari) 2022-yilning 28-mart kuniga qadar vacancy.adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari lozim.

Murojaat uchun telefon: 67/ 226-07-20, 225-00-93.

Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

- nomzodlarning vakant lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini o‘rganish;

- test sinovlarini o‘tkazish;

- suhbat.

Birinchi bosqichda nomzodlarning hujjatlari vakant lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi o‘rganiladi va faqat malaka talablariga to‘liq mos kelgan nomzodlar keyingi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma’naviyat va ma’rifat, siyosat va huquq bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

Test natijalariga ko‘ra 71 foizdan yuqori to‘plagan nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

Uchinchi bosqichda Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarning shaxsiy va kasbiy ko‘nikmalariga baho berish maqsadida suhbat o‘tkaziladi.

Tanlov komissiyasi a’zolari tanlov natijalariga ko‘ra har bir nomzodni baholaydi.

- Ishga qabul qilishda ustunlik tanlov natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzodga beriladi, agar tanlov natijasiga ko‘ra nomzodlar to‘plagan ball teng bo‘lsa, Tanlov komissiyasi raisining xulosasiga asoslanib, yakuniy xulosa beriladi.

Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bo‘yicha nomzod vazirlik markaziy apparatidan suhbatdan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarga lavozim bo‘yicha nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1) oliy ma’lumotga ega huquqshunos;

2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;

3) davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi);

4) yuklatilgan vazifalarni mustaqil va ko‘maksiz bajara olish;

5) odob-ahloq normalariga rioya etadigan;

6) kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;   

7) shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

— oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga

4 000 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha tashkil etadi.

Ishga qabul qilish bo‘yicha test va suhbat savollari ro‘yxati bilan (https://telegra.ph/Tanlovda-ishtirok-ehtadigan-nomzodga-beriladigan-savollar-r%D1%9Ejhati-10-07) havola orqali tanishingiz mumkin.

Tanlov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi.

Manzil: Guliston shahri, Sayxun ko‘chasi, 16-uy.

Mo‘ljal: Sirdaryo viloyati Mudofaa boshqarmasining yangi binosi.

Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш