Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.01.2022

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:

  1. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimi boshligʻi – 1 nafar;

2. Oqoltin tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti – 1 nafar;

  Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlarini (belgilangan namunadagi ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxalari) 2022-yilning 23-yanvar kuniga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar boʻlimiga yoki vacancy.adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari lozim.

  Murojaat uchun telefonlar: 67/ 226-07-20, 225-00-93

 Tanlov quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

- nomzodlarning vakant lavozimlarga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini oʻrganish;

- test sinovlarini oʻtkazish;

- suhbat.

Birinchi bosqichda nomzodlarning hujjatlari vakant lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi oʻrganiladi va faqat malaka talablariga toʻliq mos kelgan nomzodlar keyingi bosqichga oʻtadi.

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maʼnaviyat va maʼrifat, siyosat va huquq boʻyicha bilim va koʻnikmalari test sinovidan oʻtkaziladi.

Test natijalariga koʻra 71 foizdan yuqori toʻplagan nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

Uchinchi bosqichda Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarning shaxsiy va kasbiy koʻnikmalariga baho berish maqsadida suhbat oʻtkaziladi.

Tanlov komissiyasi aʼzolari tanlov natijalariga koʻra har bir nomzodni baholaydi.

- Ishga qabul qilishda ustunlik tanlov natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzodga beriladi, agar tanlov natijasiga koʻra nomzodlar toʻplagan ball teng boʻlsa, Tanlov komissiyasi raisining xulosasiga asoslanib, yakuniy xulosa beriladi.

Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar boʻyicha nomzod vazirlik markaziy apparatidan suhbatdan oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga lavozim boʻyicha qoʻyiladigan talablar:

1) oliy maʼlumotga ega huquqshunos;

2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;

3) davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi);

4) yuklatilgan vazifalarni mustaqil va koʻmaksiz bajara olish;

5) odob-axloq normalariga rioya etadigan;

6) kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish;  

7) shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Qoʻshimcha maʼlumotlar:

— oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga 3 000 000 soʻmdan 5 000 000 soʻmgacha tashkil etadi.

Tanlov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida oʻtkaziladi.

Manzil: Guliston shahri, Sayxun koʻchasi, 16-uy.

Moʻljal: Sirdaryo viloyati Mudofaa boshqarmasining yangi binosi.

Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar boʻlimi


Рўйҳатга қайтиш